logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«U ketsa, hammamiz ketardik»: Kurtua Lissabondagi mojaro tafsilotlarini oshkor qildi.

 24 FEVRAL, 2026, 18:42

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk uchrashuvi doirasida «Benfika»ga qarshi kechgan mojaroli o'yin tafsilotlarini so'zlab berdi. Lissabondagi bahsda «qaymoqranglilar» hujumchisi Vinisius Junior «Benfika» forvardi Janluka Prestiannini irqchilik ruhidagi haqoratlarda ayblagan edi. Shundan so'ng, «Real» futbolchilari maydonga qaytishdan bosh tortgani sababli o'yin vaqtincha to'xtatilgandi.

"Benfika"ga qarshi o'yinni davom ettirishimiz kerakligi haqidagi qarorni aynan Vinisius qabul qildi. Agar u maydonni tark etishga qaror qilganida, hammamiz birga chiqib ketgan bo'lardik", — deya Kurtuaning o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanidagi so'zlaridan iqtibos keltirmoqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano o'zining Telegram-kanalida.

Eslatib o'tamiz, «Real» Portugaliyadagi bahsda Vinisiusning goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Javob uchrashuvi chorshanba kuni, 25 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ