logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» Xansi Flikning tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

 24 FEVRAL, 2026, 18:36

Xans-Diter Flik «Barselona»ni Ispaniya La Ligasi doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi o'zining 61 yoshini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan «Bavariya» klubi ijtimoiy tarmoqlarda maxsus post qoldirdi.

«Tug'ilgan kuningiz bilan, Xansi!» — deyiladi «Bavariya» xabarida.

Xans-Diter Flik 2019–2021 yillarda «Bavariya» bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. O'sha davr mobaynida myunxenliklar ikki bor Bundesliga chempionligini, Chempionlar ligasi kubogini, Germaniya kubogi va Superkubogini, UEFA Superkubogi hamda klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibligini qo'lga kiritishgan edi.

Qo'shimcha qilish joizki, «Barselona» fevral oyining so'nggi kunida «Vilyarreal»ni o'z maydonida qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ