"Yuventus" etakchi yarim himoyachini saqlab qoladi
24 FEVRAL, 2026, 15:18
Amerikalik yarim himoyachi Ueston Makkenni Turinning "Yuventus" klubi bilan mehnat shartnomasini imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, tomonlar muzokaralar o'tkazib, bitimning barcha tafsilotlarini kelishib olgan. Bu borada rasmiy ma'lumot tez orada e'lon qilinadi.
Makkenni va "keksa sinora" o'rtasidagi mehnat shartnomasi muddati kelasi yozda tugaydi. Uning transfer narxi 22 million evroga baholanmoqda.
Ueston joriy mavsum "Yuventus" safida 36 ta uchrashuv o'tkazdi. Yarimhimoyachi ettita gol va ettita golli uzatmaga mualliflik qildi.
