logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Roma» Dibalaga kamroq maosh bilan yangi shartnoma taklif qilmoqchi

 24 FEVRAL, 2026, 13:42

«Roma» Paulo Dibala bilan maoshi kamaytirilgan holda shartnomani uzaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, 32 yoshli argentinalik futbolchining vakillari «Boka Xuniors» klubi bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.

Dibala va «Roma» o'rtasidagi muzokaralar hozircha oldinga siljigan yo'q, chunki futbolchi faoliyatini davom ettirish variantlarini baholamoqda, klub esa uni tarkibda olib qolish maqsadga muvofiqmi yoki yo'qligini tushunishga harakat qilmoqda. Insayder Matteo Morettoning ta'kidlashicha, Dibala «Roma» libosidagi so'nggi oylarini o'tkazayotgan bo'lishi mumkinligi haqida taxminlar bor, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Dibalaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Ushbu mavsumda u Italiya klubi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ