logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bryugge» murabbiyi EChLdagi imkoniyatlari haqida gapirdi

 24 FEVRAL, 2026, 13:24

Belgiyaning «Bryugge» klubi bosh murabbiyi Ivan Leko Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan UEFA Chempionlar ligasi javob o'tish uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mazkur bahs 24 fevral kuni bo'lib o'tadi, ilk o'yinda esa 3:3 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

«Bunday o'tish o'yinlarida ishtirok etish — katta imtiyoz. Boshqa tomondan, inson doim ko'prog'ini xohlaydi. Keling, bu bizning chegaramiz emasligini ko'rsatishga harakat qilamiz. Biz bu erga natija uchun kelganmiz. Hatto eng buyuk jamoalarga qarshi o'ynayotgan bo'lsak ham. Kimga qarshi maydonga tushayotganimizni yaxshi bilamiz, ammo maqsadimiz o'zgarmaydi», — deya Lekoning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi. O'yinni frantsiyalik Kleman Tyurpen boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ