logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Noyer kutilganidan erta qaytadi

 24 FEVRAL, 2026, 07:54

Fevral oyi o'rtalarida Manuel Noyer jarohat olgan edi. "Bavariya"ning tajribali darvozaboni taxminan uch haftaga safdan chiqqani haqida xabar berilgandi. Biroq Noyer kutilganidan ertaroq maydonga qaytishi mumkin.

"Bild" nashrining xabar berishicha, dushanba kuni Noyer darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo'yicha mutaxassis bilan birgalikda maydonda mashg'ulot o'tkazdi. Darvozabon hozircha murakkab mashqlarni bajarmayapti, lekin to'p bilan ishlamoqda, bu esa ijobiy o'zgarishdan dalolat beradi.

Germaniyada Noyer barchani hayron qoldirib, "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yindayoq maydonga tushishi mumkinligi haqida gap-so'zlar yuribdi. Jamoalar shanba kuni, 28 fevral sanasida o'zaro bahs olib borishadi.

"Bavariya" Bundesligada peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi "Borussiya" esa undan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ