logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UEFA «Benfika»ning shikoyatini rad etdi. «Real» futbolchisi jazolanmaydi

 24 FEVRAL, 2026, 06:06

UEFA «Benfika» vakillarining Madridning «Real» klubi o'yinchisi Federiko Valverde ustidan yozgan shikoyatini rad etdi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.

Chempionlar ligasining o'tish bosqichi doirasidagi «Real»ga qarshi o'yinning 82-daqiqasida «Benfika» himoyachisi Samuel Dal Valverdedan zarba qabul qilib olgan va jag'ini ushlagancha maydonga yiqilgan edi. Valverde sodir bo'lgan voqea uchun hech qanday jazoga tortilmadi.

Bundan oldin UEFA Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik ruhidagi gaplar aytganlikda ayblanayotgan «burgutlar» a'zosi Janluka Prestianni bo'yicha dastlabki qarorni e'lon qilgan edi. U «kamsituvchi xulq-atvori» uchun evrokuboklarning kamida bitta o'yinini o'tkazib yuboradi, yakuniy jazo esa keyinroq ma'lum qilinadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ