logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» Menyanga «Milan»dan ko'ra kattaroq maosh taklif qilgandi

 24 FEVRAL, 2026, 06:00

Italiyalik jurnalist Matteo Morettoning fikricha, frantsiyalik darvozabon Mayk Menyan Turinning «Yuventus» klubiga o'tishi mumkin edi — har holda, u klubdan jozibador va saxiy taklif olgan. Biroq u «Yuve»ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri boshqarayotgan «Milan»da qolishni afzal ko'rdi.

«O'tgan yilning oxirida «Yuventus» vakillari Menyan bilan bog'lanishgan edi. Ular darvozabonga «Milan»ga qaraganda biroz ko'proq maosh taklif qilishga tayyor edilar. Ammo Menyan Turin klubida o'ynashni istamasligini xushmuomalalik bilan tushuntirdi», — deya Morettoning so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Menyan 2021 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ