logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maktominay «MYu»ni sog'inmoqda

 23 FEVRAL, 2026, 23:24

Yarim himoyachi Skott Maktominay 2024 yilning yozida ko'chib o'tgan «Napoli» jamoasida o'zini ko'rsatishda davom etmoqda. Shunga qaramay, shotlandiyalik futbolchi o'z tarbiya topgan klubga qaytishni orzu qilmoqda.

The Touchline nashrining xabar berishicha, Maktominay «Manchester Yunayted»ga qaytish va jamoaning asosiy figurasiga aylanishni istamoqda. Skott hali ham klubni va uning muxlislarini juda yaxshi ko'radi — futbolchi «Old Trafford»dagi faoliyati qanday yakunlanganidan qat'i nazar, klubdan xafa emas.

Skott Maktominay «Napoli» safida jami 70 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 23 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga ulgurdi.

Nufuzli Transfermarkt portali Maktominayning transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ