logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Spalletti 1 mart kuni ishdan bo'shatilishi mumkin

 23 FEVRAL, 2026, 21:24

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti yakshanba kuni, 1 mart sanasida iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda «La Gazzetta» nashri xabar bermoqda.

Bunga klubning muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab bo'lmoqda — «keksa sinora» oxirgi beshta o'yinda biror marta ham g'alaba qozona olmadi. «Yuventus» Chempionlar ligasida «Galatasaroy»ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi, A Seriyada esa «Komo» (0:2) va «Inter»dan (2:3) mag'lubiyatga uchrab, «Latsio» (2:2) bilan durang o'ynadi. Ushbu omadsiz seriya Italiya Kubogi doirasida «Atalanta»dan uchralgan mag'lubiyat (0:3) bilan boshlangan edi.

Insayderlarning ta'kidlashicha, Spallettiga vaziyatni o'nglash uchun ikkita o'yin berilgan. Bular — chorshanba kuni Chempionlar ligasida «Galatasaroy»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi va A Seriyaning keyingi turida yakshanba kuni bo'lib o'tadigan «Roma» bilan bahs. Agar «Yuventus» ushbu o'yinlarda ham muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Spalletti iste'foga chiqariladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ