logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Messi uchun 100 ming kishilik xayrlashuv marosimini o'tkazmoqchi

 23 FEVRAL, 2026, 18:42

"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laporta "Kamp Nou" stadionida Lionel Messiga haykal o'rnatish kerak deb hisoblaydi.

"Leo xuddi Kroyf kabi "Kamp Nou"da haykal o'rnatilishiga loyiq. Shuningdek, u xayrlashuv marosimiga ham loyiqdir. Bizningcha, eng to'g'ri vaqt — stadion to'liq qurib bitkazilgan va 100 mingdan ortiq tomoshabinni qabul qila oladigan holatga kelgan payt bo'ladi. Ushbu tadbirni tashkillashtirishga umid qilamiz", — dedi Laporta "Catalunya Radio" efirida.

Mart oyida "Barselona"da prezidentlik saylovlari bo'lib o'tadi. Joan Laporta yaqinda yana o'z nomzodini qo'yish imkoniyatiga ega bo'lish uchun iste'foga chiqqan edi.

Hozirda "Barselona" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ