logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Futbolda yangi qoida paydo bo'lishi kutilmoqda: Vaqt cho'zuvchilar uchun jazo

 23 FEVRAL, 2026, 18:36

FIFA o'yin sur'atining pasayishi va vaqt cho'zish holatlariga qarshi kurashish doirasida yangi qoida joriy etishni taklif qilmoqda. FIFAning fikricha, tibbiy yordam olgan futbolchilar maydonni tark etgach, bir daqiqa davomida o'yinga qaytmasliklari kerak. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ushbu qoida kuchga kirishi uchun u Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) tomonidan ma'qullanishi lozim. Aynan mana shu organ futbol qoidalarini tartibga soladi.

Hozirgi vaqtda bu borada aniq qoidalar mavjud emas va har bir liga o'z tavsiyalarini belgilaydi. Masalan, APLda 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab tibbiy yordam olgan futbolchi maydondan tashqarida 30 soniya vaqt o'tkazadi.

Avvalroq FIFA bu kabi qoidani Arab millatlari kubogida sinovdan o'tkazgan edi. O'shanda tibbiy yordamdan so'ng futbolchilar ikki daqiqa davomida maydon tashqarisida qolishi majburiy etib belgilangandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ