logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gavi Jahon chempionatida ishtirok etmoqchi

 23 FEVRAL, 2026, 17:00

"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Gavi qiyinchiliklarga qaramay, tezroq safga qaytish va oldinda turgan Jahon chempionatida ishtirok etishga qat'iy qaror qilgan.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 21 yoshli futbolchining tiklanish jarayoni va jismoniy holatini shaxsan nazorat qilish maqsadida u bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi. Agar ko'rsatkichlar ijobiy bo'lsa, murabbiy Gavini yakuniy qaydnomaga kiritish uchun so'nggi soniyagacha kutishga tayyorligini bildirgan.

De la Fuente Gavining irodasiga bo'lgan hayratini yashirmaydi va futbolchining terma jamoa yo'lida sog'ligini xavf ostiga qo'yganini inobatga olib, o'zini uning oldida qarzdor deb hisoblaydi.

Shu kunga qadar Gavi terma jamoada 28 ta o'yinda 5 ta gol kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ