"Tottenxem" himoyachisi yangi murabbiy Tudorning jahlini chiqardi
23 FEVRAL, 2026, 16:48
Yakshanba kuni Angliya Premer-ligasida «Tottenxem» va «Arsenal» jamoalari o'rtasida Shimoliy London derbisi bo'lib o'tdi. «Kanonirlar» raqibdan ustun kelishdi va 4:1 hisobidagi yirik g'alabani bayram qilishdi.
O'yin davomida qiziqarli vaziyat kuzatildi. «Tottenxem» boshqaruvidagi debyut o'yinini o'tkazayotgan bosh murabbiy Igor Tudor himoyachi Mikki van de Venni boshqa futbolchilardan uzoqlashmasdan, o'z jarima maydonida emas, balki yuqoriroqqa «ko'tarilishga» chaqirdi. Van de Ven murabbiy ko'rsatmalariga e'tibor bermadi, natijada Tudor g'azablanib, faol tarzda ishoralar (jestlar) qila boshladi.
Navbatdagi turda «Tottenxem»ni yana bir London derbisi kutmoqda — jamoa safarda «Fulxem»ga qarshi bahs olib boradi.
