logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APLning 4 nafar futbolchisi 27-tur o'yinlaridan keyin irqchilik ruhidagi haqoratlarga uchradi

 23 FEVRAL, 2026, 16:42

Angliya Premer-ligasi jamoalarining to'rt nafar futbolchisi 27-tur o'yinlaridan so'ng internetda irqchilik ruhidagi haqoratlarga uchradi, deb yozadi AP.

"Chelsi"ning frantsiyalik himoyachisi Uesli Fofana va "Byornli"ning tunislik yarimhimoyachisi Xannibal Mejbri 21 fevral kuni "Stemford Brij"da bo'lib o'tgan o'yindan so'ng (1:1) ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalariga irqchilik ruhidagi xabarlar yuborilgan skrinshotni e'lon qildi.

"Vulverxempton"ning nigeriyalik hujumchisi Tolu Arokodare "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda (0:1) penaltini aniq amalga oshira olmaganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda irqiy haqoratlarni namoyish etdi. "Sanderlend"ning angliyalik hujumchisi Romeyn Mandl esa "Fulxem"ga qarshi uy uchrashuvida (1:3) zaxiradan maydonga tushganidan so'ng, "internetda jirkanch irqchilik haqoratlariga uchradi", deb xabar berdi uning jamoasi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ