logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bugun Saidjamshid Jafarov va Madiyar Saidrahimov Rossiyada jang o'tkazadi

 23 FEVRAL, 2026, 13:32

Bugun Rossiya Federaciyasining Moskva shahridagi "VTB Arena" majmuasida boks bo'yicha "Dinamo" jamoasi va Jahon terma jamoasi o'rtasidagi xalqaro uchrashuv o'tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqada hamyurtimiz Madiyar Saidrahimov hamda Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan buxorolik Saidjamshid Jafarov ham ishtirok etadi.

75 kg vaznda: Egor SHapochanskiy (Rossiya, 1-0) – Saidjamshid Jafarov (1-0);

92 kg vaznda: Ramazan Dadaev (Rossiya) – Madiyar Saidrahimov (3-0, 1 KO).

Turnir beshta vazn toifasida tashkil etiladi. Janglar uch raunddan iborat bo'lib, har bir raund uch daqiqa davom etadi. Musobaqa bizning vaqti bilan soat 20:55 da boshlanishi belgilangan.

Bu shunday formatdagi ikkinchi xalqaro uchrashuv bo'ladi. Birinchi turnir 2024 yil noyabr oyida o'tkazilgan bo'lib, etti jang yakunlariga ko'ra 6:1 hisobida "Dinamo" bokschilari g'alaba qozongan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ