logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

XXV Qishki Olimpiya o'yinlarining medallar jamg'arish yakuniy reytingi qanday bo'ldi? (To'liq jadval)

 23 FEVRAL, 2026, 12:48

Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlari mezbonlik qilgan navbatdagi Qishki Olimpiada o'z yakuniga etdi.

Oq Olimpiadada sportchilar jami 116 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi. 

Kutilganidek, Norvegiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha katta farq bilan birinchi o'rinni egalladi. Skandinaviyaliklar medallarning ham soni, ham sifati bo'yicha taqibchilarini sezilarli farq bilan ortda qoldirishdi. Ular 18 ta oltin, 12 ta kumush, 11 ta bronza, jami 41 ta medal bilan vatanlariga qaytadigan bo'lishdi. 

Norvegiyaliklar medallar soni bo'yicha Qishki Olimpiada rekordini yangilashdi. Avvalgi rekord ham aynan ularga tegishli edi. 2018 yilgi Olimpiya o'yinlarida Norvegiya 39 ta medal qo'lga kiritgandi.

AQSH terma jamoasi 12 ta oltin, 12 ta kumush, 9 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Niderlandiyaliklar esa 10 ta oltin, 7 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan uchinchi bo'lishdi. Kuchli o'ntalikdan Italiya, Germaniya, Franciya, SHveciya, SHveycariya, Avstriya va Yaponiya delegaciyalari joy olishdi. Osiyo davlatlari orasida aynan Kunchiqar yurt vakillari eng yaxshi natija qayd etishdi. Yaponiyaliklar 5 ta oltin, 7 ta kumush, 12 ta bronza, jami 24 ta medal qo'lga kiritishdi. Medallar soni bo'yicha bu beshinchi natija!

Umuman olganda, XXV Qishki Olimpiya o'yinlarida 20 davlat kamida 1 ta oltin, 29 tasida kamida bitta bronza medaliga ega chiqdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ