logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta «Manchester Yunayted» va «Chelsi» muxlislarining tanqidlariga javob qaytardi

 23 FEVRAL, 2026, 12:24

Londonning «Arsenal» klubi ustozi Mikel Arteta «Manchester Yunayted» va «Chelsi» muxlislarining chempionlik poygasidagi tanlovlari haqidagi savolga javob berdi.

Keng tarqalgan fikrga ko'ra, «qizil iblislar» va «ko'klar» muxlislarining aksariyati chempionlikni «Manchester Siti» qo'lga kiritishini va «kanonirlar» yana sovrinsiz qolishini istashadi.

«Ular kimni xohlashsa, o'shani qo'llab-quvvatlashlari mumkin, bu meni tashvishga solmaydi. Hozir biz chempionlik sari yo'ldamiz, bu yog'ini esa vaqt ko'rsatadi. «Manchester Yunayted» va «Chelsi» muxlislari «Arsenal»ga bo'lgan adovati sabab boshqa klubga muxlislik qilgandan ko'ra, o'z jamoalarining kuchli to'rtlikka kirishiga e'tibor qaratganlari ma'qulroq», — dedi Arteta «Tottenxem» (4:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi intervyusida.

«Arsenal» 61 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Manchester Siti» bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan holda besh ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ