logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Temmi Abraxam: «Bu xuddi tushga o'xshaydi»

 23 FEVRAL, 2026, 12:00

Birmingemning «Aston Villa» klubi hujumchisi Temmi Abraxam Angliya chempionatining 27-turi doirasida «Lids»ga qarshi kechgan safar o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, hujumchi esa jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

«Men yana shu erda o'ynayapman, bu xuddi tushga o'xshaydi. «Aston Villa» sharafini himoya qilayotganimdan va jamoaga yordam berayotganimdan xursandman. Mening vazifam — doimo raqib jarima maydonchasi ichida bo'lish va imkoniyatga shay turish. Dunyoning eng yaxshi muxlislari ko'z o'ngida gol urganimdan juda baxtiyorman», — deya futbolchining so'zlarini keltirmoqda BBC.

«Aston Villa» 51 ochko jamg'argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Unai Emeri shogirdlari ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti»dan besh ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ