logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike «PSJ»ning asosiy darvozaboni borasida yakuniy qarorga keldi

 23 FEVRAL, 2026, 11:36

Frantsiyaning «PSJ» klubi ustozi Luis Enrike jamoaning yaqin kelajakdagi birinchi raqamli darvozaboni kim bo'lishini belgilab oldi. Bu haqda Lequipe nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis frantsiyalik posbon Lyuka Shevalega qaraganda rossiyalik golkiper Matvey Safonovga ko'proq ishonch bildirmoqda. Enrikening ta'kidlashicha, rossiyalik darvozabon muhim o'yinlarda o'z raqobatchisiga nisbatan ancha sovuqqonroq harakat qiladi.

Matvey Parij jamoasi safiga 2024 yilda kelib qo'shilgan edi. Safonovning amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Frantsiya chempionatining joriy mavsumida rossiyalik posbon oltita uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan oltita to'p o'tkazib yubordi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ