logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karrager Saloh va Gakponi tanqid qilib, «Liverpul»ning yangi iqtidorini ko'kka ko'tardi

 23 FEVRAL, 2026, 11:30

Angliya chempionatining 27-turidan o'rin olgan safar o'yinida «Liverpul» «Nottingem Forest»ni 1:0 hisobida minimal farq bilan mag'lub etdi. Uchrashuv yakunida argentinalik yarim himoyachi Aleksis Mak Allister yagona gol muallifiga aylandi.

Mersisaydliklarning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager final hushtagidan so'ng jamoaning yulduzli hujumchilarini tanqid qildi.

«Bu men ushbu mavsumda APLda ko'rgan eng katta «o'g'irlik»lardan (kutilmagan g'alabalardan) biri bo'ldi. Ngumoa zaxiradan maydonga tushib, 15 daqiqa ichida Saloh va Gakponing butun o'yin davomidagi harakatlaridan ko'ra foydaliroq o'ynadi. U uchrashuv taqdirini o'zgartirib yubordi. Bu yigit ilk daqiqalardan maydonga tushishi kerak. Rio hozir juda yaxshi holatda», — deya ekspertning so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Arne Slot shogirdlari 45 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida oltinchi o'rinda borishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ