logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Men boksning yuziga aylanish arafasidaman" - Devid Benavides

 23 FEVRAL, 2026, 11:16

Amerikalik bokschi Devid Benavides meksikalik Xilberto Ramiresga qarshi jang uni sport cho'qqisiga olib chiqishi mumkinligini bildirdi.

Birinchi og'ir vazn toifasidagi WBA va WBO kamarlari uchun jang 2 may kuni Las-Vegasdagi “T-Mobile Arena”da bo'lib o'tadi.

"Boksning yuzi bo'lish arafasida turganimni his qilyapman. Agar Zurdo g'alaba qozonsa, uning akciyalari ko'tariladi. Tunnelning narigi tomonida ikkimizni ham buyuklik kutib turibdi. SHuning uchun jangga maksimal darajada tayyor holda chiqamiz.

Men bunga uzoq yo'l bosib keldim. Bizda juda ko'p ajoyib sparringlar bo'lgan va o'shanda Zurdoga: “Bir kuni buni pullik PPV turnirida amalga oshiramiz”, degandim. Endi esa 2 may kuni ikki kamar uchun jang qilamiz va bu imkoniyat uchun juda minnatdorman", — dedi Benavides Boxing247 nashriga.


Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ