logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vlaxovich kam maoshga ham rozi

 23 FEVRAL, 2026, 11:00

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich klub bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi.

Avvalroq serbning Turinni tark etishi deyarli aniq bo'lgani haqida xabar berilgan edi, ammo yaqinda vaziyat o'zgardi.

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, tomonlar mart oyiga uchrashuv rejalashtirishgan. "Keksa sinyora" rahbariyati 26 yoshli futbolchining agenti bilan uning hamkorligini davom ettirish borasida kelishuvga erishishga harakat qiladi.

Dushan Vlaxovichning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi iyun oxirida tugaydi. Hujumchi qolish uchun maoshining sezilarli darajada pasayishiga rozi bo'lishi kutilmoqda.

Unga "Barselona", "Milan", "Bavariya" va boshqa klublardan ham qiziqish bildirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ