logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kunde: "Pedri hamma narsani o'zgartiradi"

 23 FEVRAL, 2026, 06:48

«Barselona» o'ng qanot himoyachisi Jyul Kunde yarim himoyachi Pedrining jamoa uchun qanchalik muhimligi haqida gapirdi.

23 yoshli ispaniyalik futbolchi jarohatidan qutulib, safga qaytdi. Yarim himoyachi La Liganing yakshanba kuni «Levante»ga qarshi kechgan bahsida (3:0) 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

«Pedri hamma narsani o'zgartiradi. Albatta, biz uni sog'ingandik. O'yinimizning ko'plab fazalari aynan u orqali quriladi. Uning yo'qligi doim seziladi — hatto himoyada ham», — deya Kundening so'zlarini keltirmoqda «Gazeta.Ru» ispan OAVlariga tayanib.

Pedri «ko'k-anorranglilar»ning oxirgi ettita o'yinini o'tkazib yuborgan edi — ulardan ikkitasi mag'lubiyat bilan yakunlangan.

Hans-Diter Flik shogirdlari Madridning «Real» klubini bir ochkoga ortda qoldirgan holda, La Liga turnir jadvalida yana peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ