logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» germaniyalik iqtidor uchun APL grandlari bilan kurashadi

 23 FEVRAL, 2026, 06:12

«Real Madrid» skautlik xizmatlari «Shtutgart» safida o'zining eng yaxshi jihatlarini namoyish etayotgan germaniyalik yarim himoyachi Anjelo Shtillerning rivojlanishini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.

Bernabéu Digital nashrining xabar berishicha, «qaymoqranglilar» yozgi transfer oynasi vaqtida aynan ushbu futbolchi bilan yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni istamoqda. Hozirgi vaqtda o'yinchining 2028 yilning iyun oyigacha amal qiluvchi shartnomasi bor. Bundan tashqari, madridliklar Shtillerni anchadan beri kuzatib kelayotgan APLning bir nechta klublari tomonidan bo'ladigan raqobatni ham engib o'tishlariga to'g'ri keladi.

Joriy mavsumda tayanch zonasida harakat qiluvchi 22 yoshli futbolchi 35 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, 3 ta ogohlantirish oldi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, uning narxi 45 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ