logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Galatasaroy"da inqiroz: Futbolchilar uch oydan beri maosh olishmayapti

 22 FEVRAL, 2026, 17:42

"Galatasaroy"ning "Konyaspor"dan uchragan kutilmagan mag'lubiyatidan so'ng, klub ichidagi muammolar haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. "TR24" portalining xabar berishicha, jamoa futbolchilariga maosh to'lanmayapti.

Manbaning ta'kidlashicha, bunday holat allaqachon uchinchi oydirki davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari hozircha bu borada hech qanday izoh bermayotgani matbuot va muxlislar orasida turli shubha-gumonlarni yanada avj oldirmoqda.

Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida "Galatasaroy"ning chempionlik imkoniyatlarini juda shubhali deb atadi.

Hozirda jamoa 55 ochko bilan chempionatda peshqadamlikni davom ettirmoqda, biroq 52 ochkoga ega va zaxirasida bitta o'yini bor bo'lgan "Fenerbaxche" ularga etib olishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ