logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Olimpiada-2026. Klebo 10 karra chempion! Finlyandiya xokkeychilarida bronza. 18-kunning barcha natijalari bitta xabarda

 22 FEVRAL, 2026, 14:48

Italiya davlati mezbonligida yakuniga etib borayotgan XXV Qishki Olimpiya o'yinlarining o'n sakkizinchi kungi bahslari ham ortda qoldi.

Oq Olimpiadaning kechagi kuni dasturida 11 komplekt medallar (biatlon, bobsley, kyorling, konkida yugurish, chang'i poygasi, fristayl, xokkey, short-trek va ski-alpinizm) jamlanmasi o'ynaldi. 

Etiborlisi, norvegiyalik biatlonchi Yoxannes Klebo 10 karra Olimpiada chempioniga aylandi. Bu uning Milan Olimpiadasidagi oltinchi oltin medali bo'ldi. Kecha u 50 km masofaga o'tkazilgan mass-start klassika bahslarida oltinchi oltin medalini qo'lga kiritdi. Bu bilan u Qishki Olimpiya o'yinlari tarixidagi eng sermahsul sportchiga aylandi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Olimpiadaning eng tomoshabon sport turi hisoblangan erkaklar o'rtasidagi xokkey musobaqasida bronza medal sohiblari aniqlandi. Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan Finlyandiya va Slovakiya terma jamoalari o'zaro 3-o'rin uchun kechgan uchrashuvda muzga chiqishdi. Finlarning total ustunligida o'tgan bahsda yirik 6:1 hisobi qayd etildi. Finlyandiya bugun o'tkaziladigan Kanada va AQSH terma jamoalari o'rtasidagi final o'yiniga qadar amaldagi Olimpiada chempioni bo'lib turibdi.  


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Olimpiada-2026. 21 fevral kungi barcha natijalar

Bobsley. Erkaklar, to'rtlik. Birinchi start

1. Germaniya

2. Germaniya

3. Buyuk Britaniya


Bobsley. Erkaklar, to'rtlik. Ikkinchi start

1. Germaniya

2. Germaniya

3. Germaniya


Bobsley. Ayollar, ikkilik. To'rtinchi start. Final.

1. Laura Nolte va Debora Levi (Germaniya) — 3.48,46.

2. Liza Bukvic va Nele SHuten (Germaniya) — 0,53 soniyaga ortda qolish.

3. Keylli Xamfris va Jasmin Jons (AQSH) +0,75.


Fristayl. Aralash jamoaviy. Akrobatika. Final.

1. AQSH

2. Xitoy

3. Avstraliya


Erkaklar, ski-kross. Final.

1. Simone Deromedis (Italiya)

2. Federiko Tomazoni (Italiya)

3. Aleks Fiva (SHveycariya)


Erkaklar, xafpayp. Final.

1. Aleks Ferreyra (AQSH)

2. Xenri Sildaru (Estoniya)

3. Brendan Makkey (Kanada)


CHang'i poygalari. Erkaklar, mass-start 50 km, klassika. Final.

1. Yoxannes Klebo (Norvegiya) — 2:07.7,1.

2. Martin Lyovstryom Nyuenget (Norvegiya) — 8,9 soniyaga ortda qolish.

3. Emil Iversen (Norvegiya) +30,7.


Ski-alpinizm. Aralash estafeta. Final.

1. Franciya

2. SHveycariya

3. Ispaniya


Kyorling. Ayollar. Uchinchi o'rin uchun bahs

Kanada – AQSH – 10:7


Kyorling. Erkaklar. Final.

Buyuk Britaniya – Kanada – 6:9


Biatlon. Ayollar, mass-start 12,5 km. Final.

1. Osean Mishlon (Franciya)

2. Juliya Simon (Franciya)

3. Tereza Vobornikova (CHexiya)


Konkida yugurish. Erkaklar, mass-start. Final.

1. Yorrit Bergsma (Niderlandiya)

2. Viktor Xald Torup (Daniya)

3. Andrea Jovanini (Italiya)


Ayollar, mass-start. Final.

1. Mareyke Grunevaud (Niderlandiya)

2. Ivani Blonden (Kanada)

3. Mia Kilburg-Manganello (AQSH)


Xokkey. Erkaklar. Uchinchi o'rin uchun bahs

Slovakiya — Finlyandiya – 1:6



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ