logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" futbolchisi mag'lubiyat uchun aybni o'z bo'yniga oldi

 22 FEVRAL, 2026, 13:18

Madridning "Real" klubi 29 yoshli yarim himoyachisi Dani Sebalos La Liga 25-turida "qaymoqranglilar"ning mag'lubiyatida o'zini aybdor deb bildi. Kecha madridliklar safarda "Osasuna"ga imkoniyatni boy berishdi (1:2). "Real" hal qiluvchi golni Sebalosning uzatmada xatoga yo'l qo'yishidan so'ng o'tkazib yubordi.

"Men mas'uliyatni o'z zimmamga olaman", — deb yozdi Sebalos o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida.

"Real" hozircha chempionatda peshqadamlikni saqlab turibdi, biroq bugunning o'zidayoq birinchi o'rinni qo'ldan boy berishi mumkin. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Barselona" Madrid klubidan 2 ochkoga ortda qolmoqda va bugun 25-tur doirasida "Levante"ga qarshi o'z o'yinini o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ