logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" afsonasining o'g'li BAA terma jamoasida o'ynaydigan bo'ldi

 22 FEVRAL, 2026, 12:54

"Real" afsonasi Michel Salgadoning o'g'li Alan Salgado Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasida o'ynashga qaror qildi. U 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat (U19) jamoa safida allaqachon debyut uchrashuvini o'tkazdi.

"Debyuting bilan faxrlanaman, o'g'lim. Sening o'yiningning har bir daqiqasidan zavq olaman, chunki bunday darajaga chiqish qanchalik qiyinligini bilaman. Lekin bu darajada qolish undan ham qiyinroq, shuning uchun senga kurashishni va shu bilan birga kamtar bo'lishni maslahat beraman. Seni yaxshi ko'raman", — deya "Real" sobiq futbolchisi o'g'liga oq yo'l tiladi.

Eslatib o'tamiz, katta Salgado 1999 yildan 2009 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan, jumladan, mashhur "Galaktikos" davrida ham to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ