logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Mundialdan eng ko'p AQSh foyda ko'radi": Blatter JCh-2026 haqida keskin fikr bildirdi

 22 FEVRAL, 2026, 12:30

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter federatsiyaning amaldagi rahbari Janni Infantino va Amerika etakchisi Donald Trampni futbol bo'yicha jahon chempionati arafasida faqat pul haqida o'ylayotganlikda aybladi.

Mundial AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi, biroq Blatterning fikricha, asosiy foydani Qo'shma Shtatlar yig'ib oladi.

"Bu ikkovi jahon chempionatidan maksimal darajada foyda olishni ta'minlash uchun shu erda. Ushbu jahon chempionatidan eng ko'p Qo'shma Shtatlar manfaat ko'radi, tomoshabinlar emas", — deya Blatterning so'zlarini keltiradi "CBC" nashri.

Avvalroq u Trampni so'nggi yillarda FIFA bilan sodir bo'lgan eng yomon voqea ekanligini ta'kidlagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ