logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ" bosh murabbiyi Zair-Emerining o'sishiga kim sababchi ekanini aytdi

 22 FEVRAL, 2026, 12:24

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Zair-Emeri juda katta o'sishga erishdi va bu men tufayli emas, balki uning o'z mehnati natijasidir. U istalgan pozitsiyada o'ynay oladigan aql bovar qilmaydigan futbolchi. Murabbiy sifatida tarkibda bunday o'yinchiga ega bo'lish men uchun juda soz", — dedi Enrike "L1+" nashriga.

Joriy mavsumda "PSJ"ning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi barcha musobaqalarni hisobga olganda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi, bitta gol urdi va o'z hisobiga to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ