logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn: "Uch ochkoga munosib edik"

 22 FEVRAL, 2026, 11:36

Germaniya chempionati 23-turi doirasidagi o'z maydonida o'tgan bahsda Myunxenning "Bavariya" klubi Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu natija haqida mezbonlarning dubl qayd etgan yulduzli hujumchisi Xarri Keyn o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik va haqli ravishda uch ochkoni qo'lga kiritdik. Himoyadagi ikkita xato vaziyatni bir oz qiyinlashtirdi, bunga yo'l qo'ymaslik mumkin edi. Ammo g'alaba — eng muhimi. Biz natijadan mamnunmiz va bor e'tiborimizni keyingi o'yinga qaratganmiz", — deya hujumchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Myunxen grandi matbuot xizmati.

Vensan Kompani shogirdlari 60 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. "Bavariya" navbatdagi uchrashuvni safarda "Borussiya" (Dortmund) jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ