Enrike: "Due biroz charchagan"
22 FEVRAL, 2026, 10:12
"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike Dezire Duening holati haqida ma'lumot berdi.
Shanba kuni parijliklar Liga 1ning 23-turida "Mets"ni 3:0 hisobida mag'lub etishdi.
"Due yaxshi. U biroz charchagan, ammo hech qanday og'riq sezmayapti va jarohat ham olmadi", – dedi murabbiy.
