logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Devis qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

 22 FEVRAL, 2026, 03:24

«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis mart oyining o'rtalariga qadar maydonga tusha olmaydi.

Myunxen grandi himoyachisi «Ayntraxt»ga qarshi o'yinda (3:2) sonining orqa mushagidan jarohat oldi. Bild nashrining xabariga ko'ra, u kamida uch haftani o'tkazib yuboradi.

Bu shuni anglatadiki, Kanada terma jamoasi a'zosi 28 fevral kuni bo'lib o'tadigan «Borussiya Dortmund»ga qarshi bahsda aniq ishtirok etmaydi. Shuningdek, uning Chempionlar Ligasi 1/8 finalining birinchi o'yiniga (10/11 mart) tayyor bo'lishi ham so'roq ostida qolmoqda. Bundan tashqari, 14 martdagi «Bayer» bilan uchrashuvni ham o'tkazib yuborish xavfi bor.

Joriy mavsumda Devis Bundesligada 8 ta o'yin o'tkazdi. U uzoq vaqt davomida tizzasidagi xochsimon bog'lamlari jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini o'tayotgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ