logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dimarko: «Norvegiyadan qaytgach o'ynash oson bo'lmadi, lekin biz uddaladik»

 22 FEVRAL, 2026, 03:00

Italiyada 26-tur bahslari bo'lib o'tmoqda. «Inter» navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi — bu safar «Lechche» darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritildi. Gollardan biriga mualliflik qilgan Federiko Dimarko o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Gol urish yoqimli, natijadan so'ng engil tortdim. O'yin juda ko'p kuch talab qildi, raqib harakat qildi va tartibli o'yin ko'rsatdi. Biz payshanba kuni Norvegiyadan qaytib kelgandik, bugun esa maydonga tushishga to'g'ri keldi, lekin biz buni uddaladik», — deya futbolchining so'zlarini keltirmoqda fcinter1908.it.

Ushbu muvaffaqiyat natijasida Milanning «Inter» klubi Italiya A Seriyasi turnir jadvalidagi ustunligini 10 ochkogacha oshirib oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ