logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lukman to'xtamayapti: U «Atletiko»da Luis Suaresning natijasini takrorladi

 22 FEVRAL, 2026, 03:00

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Ademola Lukman yana bir bor gol urishga muvaffaq bo'ldi — bu safar «Espanol» uning «qurboni»ga aylandi.

«Matraschilar»ning yangi a'zosi 58-daqiqada gol urib, hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi va oradan uch daqiqa o'tib almashtirildi. 28 yoshli futbolchi «Atletiko» safidagi dastlabki 6 ta o'yinida 4 ta gol urishga erishdi. Bu 2020/21 yilgi mavsumda aynan shunday natija qayd etgan Luis Suares davridan beri eng yaxshi ko'rsatkichdir.

La Liga grandi Ademola Lukmanni fevral oyi boshida Italiyaning «Atalanta» klubidan 35 million evro evaziga sotib olgan edi.

Ma'lumot uchun, Luis Suares 2020 yildan 2022 yilgacha «Atletiko» sharafini himoya qilgan. Ushbu davr mobaynida urugvaylik hujumchi madridliklar safida 83 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ