logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Leau: «Pulishich bilan maydonda bir-birimizni tobora yaxshiroq tushunyapmiz»

 22 FEVRAL, 2026, 02:30

Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau 2023 yildan beri jamoada to'p surayotgan jamoadoshi Kristian Pulishich bilan til topishib ketganini ma'lum qildi. Leauning fikricha, ular birgalikda raqiblar uchun xavfli juftlikni tashkil qilishmoqda.

«U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Maydonda ham bir-birimizni tobora yaxshiroq tushunib boryapmiz. To'g'ri, jarohatlar sababli doim ham birga o'ynash imkoni bo'lmayapti. Ammo Kristian — ajoyib o'yinchi. Undan har doim qandaydir g'ayritabiiy harakatlarni kutish mumkin», — deya Leauning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.

Leau 2019 yildan beri o'z klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Unga qadar u Portugaliyaning «Sporting» va Frantsiyaning «Lill» jamoalarida faoliyat yuritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ