Mourinoning «Benfika»si ligada mag'lubiyat nimaligini bilmayapti
22 FEVRAL, 2026, 02:00
«Benfika» Portugaliya chempionatining 23-turida AVS jamoasini tor-mor etdi (3:0).
Sentyabr oyida jamoa boshqaruvini qo'lga olgan Joze Mourino qo'l ostida lissabonliklar liga doirasidagi 19 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchrashmayapti. Ta'kidlash joizki, Mourinodan oldin dastlabki to'rt turda ishlagan Brunu Laje davrida ham jamoa joriy chempionatda mag'lubiyatga uchramagan edi.
Hozirda «Benfika» 55 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ular «Sporting»dan 3 ochkoga, bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan peshqadam «Portu»dan esa 4 ochkoga ortda qolmoqda.
