logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tarixiy rekord: Jeyms Milner APLda eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi!

 21 FEVRAL, 2026, 21:24

"Brayton end Xouv Albion" yarim himoyachisi Jeyms Milner Angliya Premer-ligasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha mutlaq rekord o'rnatdi. 40 yoshli futbolchi APLning 27-turidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Xabar berilgan vaqtda "Brayton" 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Ushbu o'yin angliyalik futbolchi uchun turnirdagi 654-uchrashuv bo'ldi. Bu ko'rsatkich bilan Milner afsonaviy Garet Barrini (653 o'yin) ortda qoldirib, APL tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.

APL tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan top-5 futbolchi:

Jeyms Milner — 654

Garet Barri — 653

Rayan Giggz — 632

Frenk Lempard — 609

Devid Jeyms — 572

Milner faoliyati davomida eng ko'p o'yinni (230 ta) "Liverpul" safida o'tkazgan. Shuningdek, u "Lids", "Nyukasl", "Aston Villa" va "Manchester Siti" klublari sharafini ham himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ