logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kasorla 41 yoshida La Ligada golli pas berdi

 21 FEVRAL, 2026, 20:42

"Real Ovedo" shanba kuni kutilmaganda safarda "Real Sosedad"dan ochko tortib oldi. Hakamning final hushtagi yangraganda tabloda 3:3 hisobi aks etgan edi. Ushbu bahsda mehmonlarning tajribali yarim himoyachisi Santi Kasorla 41 yosh-u 70 kunligida golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

"Opta" statistika portali ma'lumotlariga ko'ra, XXI asrda La Liga doirasida faqat Xoakin (41 yosh-u 298 kunlikda) Kasorladan ko'ra kattaroq yoshda assist qayd etgan.

Qayd etish joizki, "Real Ovedo" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasida bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 28 fevral kuni o'z maydonida "Atletiko Madrid"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ