logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Figu "Barselona"dan ketishi tafsilotlarini ochiqladi

 21 FEVRAL, 2026, 18:42

Portugaliyalik afsona Luish Figu o'z vaqtida "Barselona"dan "Real"ga o'tishi bilan bog'liq mashhur va shov-shuvli voqealarni yodga oldi. "Kamp Nou"da sobiq muxlislari tomonidan "sotqin" sifatida kutib olingan futbolchi o'sha kunlardagi bosim haqida gapirib berdi.

"O'yinni to'xtatishga to'g'ri kelgan, maydonga har xil buyumlar uloqtirishgandi... Bu endi tarix. Ammo bularning barchasi Barselona matbuoti tomonidan qo'zg'atilgan edi. "Barselona"dan "Real"ga o'tganimda, sodir bo'layotgan voqealardan hayratda qolgandim. Qor uyumi tobora kattalashib borardi, lekin ortga yo'l yo'q edi. Men intervyularimning birida "hech qachon "Real"ga o'tmayman" deb xato qilganman", — dedi Figu "The Obi One" podkastida.

Ayni damda "Real" La Ligada peshqadamlik qilmoqda. "Barselona" esa ulardan ikki ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ