logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya fondi Kasado bo'yicha "Barselona" bilan uchrashuv o'tkazadi

 21 FEVRAL, 2026, 18:00

"Barselona"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Mark Kasado Ispaniya chempionatini tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni Suveren fondi (PIF) yarim himoyachini kelasi mavsum uchun potentsial transferlar ro'yxatiga kiritgan. Yaqin vaqt ichida tomonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tishi va unda Kasadoning Yaqin Sharqqa ko'chib o'tish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda. Uning transferi uchun taxminan 40 million evro to'lanishi mumkin.

Joriy mavsumda Mark kataloniyaliklar safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ