logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joan Garsiya La Ligadagi hakamlik haqida fikr bildirdi

 21 FEVRAL, 2026, 17:36

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya Ispaniya chempionatidagi hakamlik ishi bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"So'nggi vaqtlarda bizga yoqmagan bir nechta bahsli qarorlar qabul qilindi. Ammo biz, futbolchilar, bunga vaqt sarflamasligimiz kerak. O'zimiz nazorat qila olmaydigan narsalarga quvvat sarflash — bu befoyda", — deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi "Marca" nashri.

Darvozabonning fikricha, hakamlikdagi asosiy muammo — bahsli vaziyatlarning sub'ektiv talqin qilinishidadir.

Ayni damda "Barselona" turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Real"dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. Ertaga, 22 fevral kuni kataloniyaliklar o'z maydonida "Levante"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ