logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Runi "Real"ning APLdagi ehtimoliy o'rni haqida fikr bildirdi

 21 FEVRAL, 2026, 16:00

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Madridning "Real" klubi APLda qanday natija qayd etishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Real" Angliyada qaysi o'rinni egallagan bo'lardi? APLda ularni La Ligaga qaraganda ancha qiyinroq taqvim kutadi. Menimcha, madridliklar kuchli to'rtlikdan joy olishgan bo'lardi — uchinchi yoki to'rtinchi o'rin. Safardagi o'yinlarda "qaymoqranglilar" muammolarga duch kelgan bo'lishardi", — deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi "Madrid Universal".

Ispaniya chempionatining 24 ta turi yakunlariga ko'ra, "qirollik klubi" 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Real" Kataloniyaning "Barselona" jamoasini ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ