logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ», «MYu» va «Liverpul» «Bayer» himoyachisi transferi bo'yicha taklif tayyorlamoqda

 21 FEVRAL, 2026, 12:54

Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi Edmond Tapsoba birdaniga bir nechta Evropa top-klublarining qiziqishlari doirasida turibdi.

Insayder Ekrem Konurga ma'lum bo'lishicha, 27 yoshli futbolchini sotib olishga «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «PSJ» klublari qiziqish bildirmoqda. Germaniya tomoni, o'z navbatida, himoyachi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, biroq manfaatli taklif tushsa, muzokaralarni boshlashi mumkin. «Dorishunoslar» futbolchini 50-60 million evroga baholamoqda.

Ushbu mavsumda Tapsoba «Bayer»ning 28 ta uchrashuvida qatnashib, o'z hisobiga to'rtta gol va ikkita assist yozdirib qo'ydi. Himoyachining shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ