logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

MLS starti oldidan Messi muxlislariga xushxabar!

 21 FEVRAL, 2026, 12:18

«Inter Mayami» yulduzi Lionel Messi jarohatidan to'liq sog'aydi va MLSning dastlabki turi doirasidagi «Los-Anjeles»ga qarshi o'yinda o'z jamoasiga yordam berishga tayyor. Bu ma'lumotni ESPN telekanali jurnalistlari tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, 38 yoshli hujumchini mushak jarohati bezovta qilayotgan edi. Shu sababli «Inter Mayami» «Independente»ga qarshi nazorat uchrashuvini bekor qilishga qaror qilgandi.

«Los-Anjeles» va Florida jamoasi o'rtasidagi bahs yakshanba kuni, 22 fevral kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:30 da boshlanadi.

O'tgan mavsumda «Inter Mayami» o'z tarixida ilk bor MLS chempioniga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ