logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» yulduzi Flikni ishontira olmadi

 21 FEVRAL, 2026, 05:54

«Barselona» klubining yangi a'zosi Joau Kanselu hozircha jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikda ijobiy taassurot qoldira olmayapti.

Kataloniya grandi qishki transfer oynasi vaqtida qanot himoyachisini Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan ijaraga olgan edi. Jurnalist Xuan Ximenesning xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi «ko'k-anorranglilar» ustozining kutilmalarini oqlamayapti. Flikning «Jirona»ga qarshi bahsda Joau Kanselu emas, balki Jerar Martinni maydonga tushirish haqidagi qarori nemis mutaxassisi 31 yoshli lateralga unchalik ishonmayotganining yana bir tasdig'i bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Joau Kanseluning ijara shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Futbolchi avvalroq, 2023/24 yilgi mavsumda ham «Barselona» sharafini himoya qilgan edi — o'shanda u «Manchester Siti»dan ijaraga olingandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ