logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» himoyachisi jamoadoshlarini hakamlik mojarolariga chalg'imaslikka chaqirdi

 21 FEVRAL, 2026, 05:48

«Barselona» klubi himoyachisi Jerar Martin jamoaning so'nggi uchrashuvlaridagi hakamlik faoliyati haqida o'z mulohazalarini bildirdi.

So'nggi vaqtlarda «ko'k-anorranglilar»ning ko'plab vakillari, jumladan, bosh murabbiy Xans-Diter Flik va bir qator futbolchilar hakamlarning qarorlarida shikoyat qilib kelishmoqda.

«So'nggi haftalarda hakamlar ishtirokimizdagi o'yinlarda o'ta muhim qarorlarni qabul qilgani kundek ravshan. Biz bundan buyog'iga vaziyat qanday bo'lishini yaxshi anglaymiz. Mening fikrimcha, biz bor e'tiborimizni o'z o'yinimizga qaratishimiz, behuda vaqt sarflamasdan, uchrashuvlar taqdirini imkon qadar ertaroq hal qilishimiz lozim», — deya Ispaniya ommaviy axborot vositalari Martinning so'zlarini keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» yakshanba kuni o'z maydonida «Levante»ni qabul qiladi. Ushbu bahs La Liganing 25-turi doirasida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ