logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Ryudiger bo'yicha qarorini o'zgartirishi mumkin

 21 FEVRAL, 2026, 01:48

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Avvalroq, «qaymoqranglilar» joriy mavsum yakunida shartnomasi nihoyasiga etadigan 32 yoshli futbolchi bilan xayrlashish niyatida ekanliklari taxmin qilingan edi. Biroq, Defensa Central nashrining xabar berishicha, «Real» rahbariyati germaniyalik himoyachi bilan kelishuvni yangilash masalasini ko'rib chiqmoqda. Klub mutasaddilarining fikricha, Ryudiger o'zining katta tajribasi bilan kiyinish xonasidagi muhitni shakllantirishda, ayniqsa, jamoadagi ko'plab yosh va istiqbolli futbolchilar uchun o'rnak bo'lishda muhim rol o'ynashi mumkin.

Antonio Ryudiger 2022 yildan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u madridliklar tarkibida jami 11 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ