logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» yulduzi dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylanishi mumkin

 20 FEVRAL, 2026, 23:36

«Liverpul» klubi «Tottenxem» himoyachisi Mikki Van de Venni o'z tarkibiga qo'shib olishni ko'zlamoqda.

«Qizillar» niderlandiyalik futbolchi uchun 100 million evro to'lashga tayyor. Biroq bu transfer oson kechmaydigan ko'rinadi, chunki «Tottenxem» rahbariyati o'z yulduzi uchun bundan ham kattaroq mablag' talab qilish niyatida. Agar transfer amalga oshsa, Van de Ven dunyodagi eng qimmat himoyachiga aylanishi mumkin.

Joriy mavsumda (2025/26) Mikki Van de Ven «Tottenxem» safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushdi. Markaziy himoyachi bo'lishiga qaramay, u sermahsullik borasida ajoyib natija qayd etmoqda: uning hisobida 7 ta gol va bitta golli uzatma mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ